Texnik ishlar haqida xabar
20.06.2025

Hurmatli mijozlar,
Sizga shuni ma’lum qilamizki, 2025-yil 21-iyun soat 23:00 dan 2025-yil 22-iyun soat 07:00 gacha bankda xizmatlarimiz sifati va barqarorligini oshirishga qaratilgan rejalashtirilgan texnik ishlar olib boriladi.
Ko‘rsatilgan davrda bank xizmatlarida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin.
Muhim moliyaviy operatsiyalarni rejalashtirishda ushbu ma’lumotni oldindan inobatga olishingizni tavsiya qilamiz.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va ishonchingiz hamda tushunishingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Hurmat bilan,
AJ «KDB Bank O‘zbekiston»