Davlat Ijtimoiy Sug‘urtasi
13.08.2026

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi boyicha aholiga to‘lovlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan boshlab kalendar yil davomida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlikning 6-kunidan boshlab vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi sug‘urtalangan shaxs tomonidan alohida ariza yoki murojaat taqdim etilishi talab etilmagan holda, Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan proaktiv shaklda to‘lab beriladi. Batafsil ma’lumot olish uchun 1070 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki quyidagi havola orqali o‘tishingiz mumkin: //ihma.uz/oi/social-insurance/social-insurance-faq