Yevro (EUR), Angliya funt sterling (GBP), Shveysariya frank (CHF) va Xitoy yuan (CNY/CNH) valyutalaridagi toʻlov topshiriqnomalarini ijro jadvali haqida ma'lumot xabari

Hurmatli Mijozlar,
Tegishli davlatlarda rasmiy bayram kunlari munosabati bilan “KDB Bank Oʻzbekiston” AJ Yevro (EUR), Angliya funt sterling (GBP), Shveysariya frank (CHF) va Xitoy yuan (CNY/CNH) valyutalaridagi mablagʻlarini oʻtkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni qabul qilish bo'yicha vaqtinchalik cheklovlar haqida ma'lum qiladi:
• 2026-yil 03-aprel kuni EUR, GBP va CHF valyutalaridagi mablagʻlarini oʻtkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi (EUR/UZS, GBP/UZS, va CHF/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qabul qilinishi mumkin);
• 2026-yil 06-aprel kuni CNY(CNH), EUR, GBP va CHF valyutalaridagi mablagʻlarini oʻtkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi (CNY(CNH)/UZS, EUR/UZS, GBP/UZS, va CHF/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin).
Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarda amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.