Xorijiy valyutalardagi (CNY/CNH va KRW) to‘lov topshiriqnomalarini ijro jadvali haqida ma’lumot.

Hurmatli Mijozlar,

Tegishli davlatlarda rasmiy bayram kunlari munosabati bilan “KDB Bank O‘zbekiston” AJ xorijiy valyutalaridagi mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:

• 24.09.2026 - Janubiy Koreya voni (KRW) dagi mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalar qabul qilinmaydi;

• 25.09.2026 - Xitoy yuani (CNY/CNH) va Janubiy Koreya voni (KRW) valyutalaridagi mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi.

Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarda amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.

Hurmat bilan,

«KDB Bank Uzbekistan» AJ