Mijozga yo‘riqnoma: KDB Bank O‘zbekiston AJda onlayn tarzda hisob ochish uchun shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga rozilik berish tartibi

(O‘zbekiston Respublikasi rezidentlar uchun)

Hurmatli mijoz!

Onlayn tarzda hisob ochish uchun Bankka Mobile-ID va OneID davlat platformalari orqali shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga rozilik berish talab etiladi.

Iltimos, quyidagi tavsiya etilgan bosqichlarni ketma-ket bajarib chiqing.

Jarayonni boshlashdan oldin quyidagilarga ega ekanligingizni tekshiring:

·       kamera va barqaror internetga ega smartfon;

·       amaldagi O‘zbekiston Respublikasi pasporti (ID);

·       sizning nomingizga ro‘yxatdan o‘tkazilgan faol mobil telefon raqami;

·       KDBUz Mobile ilovasining so‘nggi versiyasi o‘rnatilgan (App Store/Google Play’dan yuklab oling).

1-bosqich. Mobile-ID tizimida ro‘yxatdan o‘tish

1.    MyGov ilovasini App Store yoki Google Play marketidan yuklab oling;

2.    MyGov ilovasida ro‘yxatdan o‘tish jarayonini mobil telefon raqami bilan pasport ma’lumotlarni kiritish orqali yakunlang;

3.    Ilova ichidagi qidiruv satriga «Mobile-ID orqali jismoniy shaxslar ro‘yxatdan o‘tkazish» so‘rovini kiriting;

4.    «Xizmatni olish» tugmasini bosing;

5.    Telefon raqamingizni kiriting va MyID biometrik tekshiruvidan o‘ting;

6.    Muvaffaqiyatli tekshiruvdan so‘ng, Mobile-ID tizimida ro‘yxatdan o‘tganligingiz to‘g‘risida SMS-xabarnoma olasiz.

2-bosqich. Shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga rozilik berish

1.    id.egov.uz saytiga o‘ting;

2.    Tizimga kirishning bir usulini tanlang:

o   OneID login va paroli orqali

o   Mobile-ID orqali

3.    Tizimga kirgandan so‘ng «Shaxga doir ma’lumotlarni boshqarish» bo‘limini oching;

4.    «Xizmatni faollashtirish» tugmasini bosing;

5.    Foydalanuvchi kelishuvi bilan tanishib chiqing va faollashtirishni tasdiqlang;

6.    Tashkilotlar ro‘yxatidan «KDB Bank O‘zbekiston» AJni toping;

7.    Bankni tanlang va «Ruxsat berish» tugmasini bosing.

! Hech kimga PIN-kodingizni, SMS-kodlaringizni yoki ilova parollaringizni oshkor qilmang. Bank hech qachon ushbu ma’lumotlarni telefon yoki elektron pochta orqali so‘ramaydi.

 

3-bosqich. Qayta identifikatsiya

Rozilik berilgandan so‘ng:

·       Bankning mobil KDBUz Mobile ilovasiga qaytib kiring;

·       Face ID identifikatsiyasini qaytadan o‘ting;

·       Onlayn hisob ochish jarayonini davom ettiring.

Bank qo‘llaniladigan qonunchilik talablariga muvofiq qo‘shimcha hujjatlar talab qilish yoki shaxsan identifikatsiya o‘tkazish huquqini o‘zida saqlab qoladi.