Sanksiya kiritilgan banklar ro’yxati

Hurmatli mijozlar!


Amaldagi turli sanksiya dasturlarini (SDN, CAPTA, SSI kabi) inobatga olgan holda, shuningdek, yanada aniqlik va qulaylikni ta’minlash maqsadida, Bankimiz tomonidan Bankning rasmiy veb-saytida sanksiya kiritilgan banklar ro’yxati joylashtirildi:

www.kdb.uz «Interaktiv xizmatlar»→ «Shartnoma va ariza namunalari» 

 

Shuni ma’lum qilamizki, ushbu ro’yxatdagi banklar ishtirok etgan har qanday amaliyotlar KDB Bank O’zbekiston AJ tomonidan Bank o’zi alohida e’lon qilgunga qadar to’xtatib turiladi. Agar Sizning eksport, import yoki boshqa xorijiy shartnomalaringiz bo’yicha ishtirok etadigan bank yoki moliya tashkiloti sanksiya kiritilgan banklar ro’yxatida mavjud bo’lsa, u holda benefitsiar banki muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari paydo bo’lishini oldini olish maqsadida o’zgartirish uchun qayta ko’rib chiqiladi.