SMS-xabarnomalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlar haqida xabarnoma

Hurmatli Mijozlar,

Sizga shuni ma’lum qilamizki, mobil aloqa operatori tomonidan rejalashtirilgan texnik ishlar amalga oshirilishi munosabati bilan 2026-yil 31-iyul soat 09:00 dan 2026-yil 1-avgust soat 15:00 gacha SMS-xabarnomalarni yetkazib berishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Bank operatsiyalari holatini masofaviy bank xizmatlari ilovalari orqali kuzatib borishingizni tavsiya etamiz.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Hurmat bilan,

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ