SMS-xabarnomalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlar haqida
02.04.2026

Hurmatli mijozlar,
Mobil aloqa operatori Beeline tomonidan yangi hisob-kitob tizimiga o‘tilishi munosabati bilan Visa kartalari bo‘yicha operatsiyalar yuzasidan SMS-xabarnomalarni yetkazib berishda vaqtinchalik cheklovlar kuzatilishi mumkin (yuboruvchi raqami: 90-370-44-88).
Mazkur davrda SMS-xabarnomalar kechikib yetib borishi yoki vaqtincha yetkazilmasligi mumkin.
Kartangiz bo‘yicha operatsiyalarni Bankning mobil ilovasi orqali kuzatib borishingizni tavsiya qilamiz.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.